SSKA Ivitsa Olichni bosh murabbiy etib tayinladi.

Moskva klubi xorvatiyalik 41 yoshli mutaxassis bilan shartnoma imzoladi, ammo kelishuv tafsilotlari oshkor qilinmadi.

Ma’lumot uchun, Olich futbolchilik faoliyati davomida 2003-2006 yillar oralig‘ida «armiyachilar» safida to‘p tepgan va 112ta bahsda 41ta gol urgan.

Sobiq hujumchi 2017 yili faoliyatini yakunlagan va shundan so‘ng Xorvatiya milliy jamoasi murabbiylar shtabida ishlab kelayotgandi.

0