Chempionlar Ligasi chorakfinalidan o‘rin olgan «Real» – «Liverpul» o‘yini Madridda bo‘lib o‘tadi.

Sky Sports’ning yozishicha, Ispaniya hujumati mart oyi oxirida Buyuk Britaniyadan keluvchilar uchun cheklovlarni bekor qilishini tasdiqladi. Shu sababli dastlabki bahs 6 aprel kuni Madriddagi «Alfredo Di Stefano» o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. Avvalroq o‘yin boshqa davlatda o‘tkazilishi mumkinligi xabar qilingandi.

Ispaniya va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi transport aloqalariga cheklovlar 2020 yil dekabrda COVID-19’ning britancha shtammi aniqlangandan so‘ng joriy qilingan edi. Shu sababli ingliz klublarining yevrokuboklardagi bir nechta o‘yinlari neytral maydonlarda bo‘lib o‘tdi («Leypsig» –«Liverpul», «Borussiya» M – «Manchester Siti»).

«Liverpul» va «Real» klublari o‘rtasidagi javob bellashuvi 14 aprelga rejalashtirilgan.

0