Xalqaro sport tadqiqotlar markazi (CIES) top-5 chempionatlarida to‘p surayotgan ayni damdagi eng qimmatbaho futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, yangi reytingni «Manchester Yunayted»ning 23 yoshli forvardi Markus Rashford va «Borussiya» goleadori Erling Holand boshqarmoqda. Angliyalik va norvegiyalik forvardlarning transfer narxi 150-200 million yevroga baholangan.

Uchlikdan «Atletiko» hujumchisi Joau Felish joy olgan bo‘lib, portugaliyalik forvardning narxi 120-150 million yevro atrofida ko‘rsatilgan.

Jahonning eng qimmatbaho futbolchilari o‘nligi:

1. Markus Reshford («Manchester Yunayted») — 150-200 million yevro;
2. Erling Holand («Borussiya» D) — € 150-200 mln;
3. Joau Felish («Atletiko») — € 120-150 mln;
4. Filip Foden («Manchester Siti») — € 120-150 mln;
5. Kilian Mbappe («Pari Sen-Jermen») — € 120-150 mln;
6. Bukayo Saka («Arsenal») — € 120-150 mln;
7. Timo Verner («Chelsi») — € 90-120 mln;
8. Trent Aleksander-Arnold («Liverpul») — € 90-120 mln;
9. Alfonso Devis («Bavariya») — € 90-120 mln;
10. Frenki de Yong («Barselona») — € 90-120 mln.

0