«Yuventus» forvardi Krishtianu Ronaldu mavsum yakunida Turin klubini tark etishi mumkin.

Marca’ning yozishicha, portugaliyalik 36 yoshli futbolchi «Yuve»ni tark etib, «Real»ga qaytishga tayyor. Krishtianu Madrid klubida yana o‘zini ko‘rsata olishiga ishonmoqda. Shu bois taklif tushsa, agenti Jorje Mendesh bilan Ispaniyaga qaytish variantini ko‘rib chiqmoqchi.

Avvalroq, Turin klubi rahbariyati moliyaviy imkoniyatlari sababli yillik 30 million yevro maosh oladigan Ronalduni 25 million yevroga sotishga tayyor ekanligi haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Italiya A Seriyasi joriy mavsumida 24 o‘yinda 23ta golga mualliflik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2009-2018 yillar davomida «Real» safida to‘p surib 15ta sovringa ega chiqqan.

0