«Real», «Bavariya» va «Liverpul» klublari sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonso yangi mavsumdan Bundesligada ish boshlaydi, deya xabar bermoqda Sport Bild.

Manbaning yozishicha, ispaniyalik 39 yoshli sobiq futbolchi keyingi mavsumdan boshlab Menxengladbaxning «Borussiya» klubini boshqaradi.

Qayd etilishicha, «Borussiya» rahbariyati murabbiyni tanlashda Alonsoning Germaniyadagi faoliyati davomida nemis tilini yaxshi o‘zlashtirganiga e’tibor qaratgan.

Xabi Alonso hozirda «Real Sosedad B» klubini boshqarmoqda. Uning jamoasi nufuzi jihatdan Ispaniyadagi uchinchi chempionatda peshqadamlik qilmoqda.

Avvalroq, Menxengladbax klubining hozirgi bosh murabbiyi Marko Roze yozda Dortmundning «Borussiya» jamoasida ish boshlashi haqida e’lon qilingandi.

Ma’lumot uchun, «Gladbax» Bundesliga joriy mavsumida 36 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.

0