APL 29-turining qoldirilgan uchrashuvida «Vest Hem» o‘z maydonida «Arsenal»ni qabul qildi.

Qiziqarli kechgan uchrashuvning 32-daqiqasidayoq Moyes shogirdlari Lingard, Bouen, Souchekning gollari evaziga 3:0 hisobida zafar quchayotgandi.

38-daqiqada Lyakazettning zarbasi Souchekdan darvozaga kirgan bo‘lsa, 61-daqiqada Douson yana bitta avtogolga mualliflik qildi. 82-daqiqada esa Lyakazett uchinchi javob golni kiritib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi – 3:3.

Natijada «Vest Hem» 49 ochko bilan 5-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «Arsenal» 42 ochko bilan 9-o‘ringa ko‘tarildi.

APL. 29-tur
Vest Hem – Arsenal 3:3
Gollar: 1:0 – 15 Lingard, 2:0 – 17 Bouen, 3:0 – 32 Souchek, 3:1 – 38, avtogol Souchek, 3:2 – 61, avtogol Douson, 3:3 – 82 Lyakazett.
Vest Hem – Fabianski, Kressuell, Diop, Soufal, Douson, Lingard, Rays, Benraxma (Frederiks, 79), Souchek, Bouen (Nobl, 74), Antonio.
Arsenal – Leno, Chembers, Tirni, David Luiz, Mari, Jaka (Smit-Rou, 74), Parti, Saka (Pepe, 74), Edegor, Lyakazett, Obameyang (Martinelli, 81).

0