Angliya Kubogining chorakfinalidan o‘rin olgan so‘nggi o‘yinda «Lester» o‘z maydonida «Manchester Yunayted» ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Iheanacho (2ta) va Tilemansning gollariga Grinvud bir bor javob berdi.

«Lester» yarimfinalda «Sauthempton» bilan to‘qnash keladi. Ikkinchi juftlikda esa «Chelsi» va «Manchester Siti» o‘zaro bahs yuritishadi.

Angliya Kubogi, 1/4 final
Lester — Manchester Yunayted 3:1
21 mart, «King Pauer»
Gollar: Iheanacho (24, 78), Tilemans (52) — Grinvud (38).
Lester – Shmeyxel, Evans, Fofana, Suyunchi, Kastan, Ndidi, Tilemans, Olbrayton, Peres (Prat, 73), Iheanacho, Vardi (Chouduri, 83).
Manchester Yunayted – Henderson, Maguayr, Uan-Bissaka, Lindelyof, Telles (Shou, 64), Pogba (Mayetominey, 64), Fred (Diallo, 84), Matich (Fernandesh, 64), van de Bek (Kavani, 64), Marsyal, Grinvud

0