Italiya chempionatining 28-turida «Milan» safarda «Fiorentina» bilan bahs yuritib, gollarga boy o‘yinda g‘alabani ilib ketdi. Mehmonlardan Ibrahimovich, Dias va Chalxono‘g‘li, mezbonlardan Pulgar va Riberi to‘p kiritishdi.

«Milan» ochkolarini 59taga yetkazib, 2-o‘rinni mustahkamlab oldi. «Fiorentina» 29 ochko bilan 14-pog‘onada qoldi.

A Seriya, 28-tu
Fiorentina — Milan 2:3
21 mart, «Artemio Franki»
Gollar: Pulgar (17), Riberi (51) — Ibrahimovich (9), Dias (57), Chalxono‘g‘li (73).
Fiorentina – Drongovski (Terrachchano, 44), Martines (Kuame, 79), Petsselya, Milenkovich, Kaseres, Kastrovilli (Venuti, 71), Esserik, Bonaventura, Pulgar (Kalexon, 79), Riberi, Vlahovich.
Milan – Donnarumma, Teo, Ker, Dalot, Tomori, Kessie, Salemakers (Kastilexo, 58), Tonali (Binnosir, 58), Chalxono‘g‘li (Meyte, 90+1), Braim Dias (Krunich, 80), Ibrahimovich.

0