Ispaniya chempionatining 28-turida «Barselona» safarda «Real Sosedad» darvozasiga 6ta to‘p kiritdi. Dest va Messi dublga erishgan bo‘lsa, Grizmann va Dembele ham o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘yishdi. Yagona javob to‘pini Barrenechea kiritdi.

«Barselona» ochkolarini 62taga yetkazib, 2-o‘ringa qaytdi. «Real Sosedad» 45 ochko bilan 5-pog‘onada qoldi.

La Liga, 28-tur

Real Sosedad — Barselona 1:6
21 mart, «Reale Arena»
Gollar: Barrenechea (77) — Grizmann (37), Dest (43, 53), Messi (56, 89), Dembele (71).
Real Sosedad – Remiro, Subeldiya (Sanyan, 83), Le Norman, Gorosabel (Barrenechea, 61), Merkelans, Gevara, Portu (Yanuzay, 61), Subimendi (Fernandes, 72), Oyarsabal, Merino, Isak (Bautista, 83).
Barselona – ter Stegen, Langle, Dest (Trinkau, 84), Mingesa, Alba, Buskets (Arauxo, 67), de Yong, Pedri (Moriba, 68), Dembele (Breytueyt, 79), Grizmann (Puch, 85), Messi.

0