«Barselona» La Liganing 28-turida «Real Sosedad» ustidan g‘alaba qozondi.

Ushbu bahsda kataloniyaliklar forvardi Lionel Messi «Barsa» safida 768-bor maydonga tushdi va Xavini (767) ortda qoldirib, klub tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchiga aylandi.

Ma’lumot uchun, argentinalik 33 yoshli o‘yinchi «ko‘k-anorranglilar»ning asosiy jamoasida 2004 yili debyut qilgan va hozirgacha klub bilan 34ta sovrinni qo‘lga kiritgan.

Liga 1. «PSJ» mehmonda «Lion»ni mag‘lub etib, 1-o‘ringa ko‘tarildi

Fransiya chempionatining 30-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda «PSJ» safarda «Lion» ustidan g‘alaba qozondi. Mbappe (2ta), Danilu va Di Mariyaning gollariga Slimani va Korne javob berishdi.

Natijada Parij klubi peshqadam «Lill»ning kutilmagan mag‘lubiyatidan foydalanib, to‘plar nisbatiga ko‘ra 1-o‘ringa chiqib oldi. Ikkala jamoa hisobida ham 63 ochkodan mavjud. «Lion» esa 60 ochko bilan 3-pog‘onada.

Liga 1, 30-tur, 21 mart

Lion — PSJ 2:4
Gollar: Slimani (62), Korne (81) — Mbappe (15, 52), Danilu (32), Di Mariya (47).
Lion – Antoni Lopesh, Marselo, De Shilo, Denayer (Diomande, 78), Lukas Paketa, Tiago Mendes (Bruno Gimaraes, 56), Kakre, Korne, Toko-Ekambi (Sherki, 74), Kadevere (Dyubua, 56), Depay (Slimani, 56).
PSJ – Navas, Florensi (Dagba, 86), Kimpembe, Markinos, Diallo, Danilu Pereyra, Di Mariya, Verratti, Guye (Errera, 86), Ken (Draksler, 90+1), Mbappe (Neymar, 70).

Lill — Nim 1:2
Gollar: Sheka (20) — Kone (12), Ripar (45).
Lill – Menyan, Fonte, Reynildu, Chelik (Sumare, 76), Botman (Tiagu Jalo, 75), Andre (Sanshesh, 64), Sheka, Bamba (Yaziji, 65), Yilmaz, Devid, Vea (Luis Araujo, 46).
Nim – Rene, Meling, Ueda, Gessum, Alakush, Kubas, Eliasson (Byurne, 90), Fomba, Ferhat, Kone (Do, 77), Ripar.

0