«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe Fransiya chempionatining 30-turidan o‘rin olgan «Lion»ga (4:2) qarshi bahsda dublga erishdi.

Stats Foot’ning ma’lumotiga ko‘ra, fransiyalik forvardning Liga 1’dagi gollari 100taga yetdi va u ushbu natijaga erishgan eng yosh futbolchiga aylandi – 22 yosh 91 kun.

Mbappe 23 yoshu 153 kunligida 100ta gol urgan Erve Revillining rekordini yangiladi.

0