«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman La Liganing 28-turidan o‘rin olgan «Real Sosedad»ga (6:1) qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«G‘alabaga loyiq edik. Raqibdan yaxshiroq edik va ustunlik qildik.

Jismoniy jihatdan jamoa o‘zini juda yaxshi his qilmoqda. Bunday samarali o‘ynash orqali natijalarimizni sezilarli darajada yaxshilashimiz mumkin.

Jamoa so‘nggi vaqtlarda o‘yiniga qo‘shdi. Bu — La Liga chempionligi uchun kurash yo‘li. Ammo endi nafaqat «Atletiko», balki «Real» haqida ham gaplashishimiz kerak. Ular ham yaxshilanishdi. O‘ylashimcha, unvon uchun kurash so‘nggi turlargacha boradi», — deya Kumanning so‘zlarini keltiradi Marca.

0