«Paxtakor» klubi va O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Jaloliddin Masharipov O‘zbekistonda 2020 yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida deb topildi.

27 yoshli o‘yinchi o‘tgan mavsumda toshkentliklar bilan O‘zbekiston chempionati va Kubogida zafar quchdi, OCHLda chorakfinalgacha yetib bordi. Superligada 23ta o‘yinda maydonga tushib, 7ta gol urdi.

Nomzodlar orasida Eldor Shomurodov («Jenoa») va Oybek Bozorov («Nasaf») ham bor edi.

Eslatib o‘tamiz, yarimhimoyachi Superligada ham yilning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi

0