Italiya chempionatining 14-turida «Jenoa» yangi murabbiy Davide Ballardini qo‘l ostida safarda «Spetsiya»ga qarshi bahs yuritib, irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Genuyaliklar safida o‘zbekistonlik xujumchi Eldor Shomurodov zaxirada qoldirildi.

«Jenoa» ochkolarini 10taga yetkazib, 19-pog‘onaga ko‘tarildi. «Spetsiya» esa 11 ochko bilan 17-o‘rinda qoldi.

A Seriya, 14-tur

Spetsiya – Jenoa 1:2
23 dekabr, «Alberto Pikko»
Gollar: Nzola (10) – Destro (16), Krishito (72, penalti).
Spetsiya – Provedel, Markitssa, Shabo (Tersi, 46), Erlich, Vinyali, Esteves (Bartolomei, 75), Richchi (Pikkoli, 84), Majore (Deyola, 75), Jasi, Farias (Mastinu, 61), Nzola.
Jenoa – Perin, Chiborra, Masello, Krishito, Gilone (Dzappakosta, 63), Bexrami (Rovella, 74), Radovanovich, Badel, Lerager (Zays, 63), Destro (Pyatsa, 84), Pandev (Skamakka, 74).
Ogohlantirishlar: Erlich (2), Shabo (5), Pandev (33), Gilone (43), Destro (70), Tersi (72), Zays (75).

0