Angliya liga kubogi so‘nggi chorakfinali doirasida «MYU» safarda «Everton»ni mag‘lub etdi.

Butun o‘yin davomida Anchelotti jamoasidan ustun bo‘lgan Sulsher jamoasi 88-daqiqada Kavanining goli evaziga hisobni ochgan bo‘lsa, 90+6-daqiqada Marsiyal o‘yindagi ikkinchi golni ham urib «Yunayted»ni ishonchli g‘alaba evaziga yarimfinalga olib chiqdi.

Angliya liga kubogi. Chorakfinal.

Everton – Manchester Yunayted 0:2
Gollar: Kavani 88, Marsiyal 90+6.
Everton – Olsen, Koulmen, Godfri, Mina, Kin, Ivobi, Sigurdsson, Dukure, Andre Gomesh (Devis, 58), Kelvert-Lyuin, Risharlison (Bernard, 56).
Manchester Yunayted – Xenderson, Telles, Bayi, Maguayr, Tuanzebe, Pogba, Matich, Brunu Fernandesh, van de Bek (Marsyal, 67), Kavani, Grinvud (Reshford, 67).

0