Fransiya chempionatida 17-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Peshqadam bo‘lib turgan «Lill» mehmonda «Monpele»ga qarshi bahs yuritib, 86-daqiqada g‘alabani ilib ketdi va ochkolarini 36taga yetkazib oldi. Ammo «Nant» darvozasiga javobsiz 3ta to‘p kiritgan «Lion» to‘plar nisbatiga ko‘ra yetakchiga aylanib oldi.

Yetakchilardan 1 ochkoga ortda qolayotgan «PSJ» esa «Strasburg» ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi. «Monako» «Sent-Eten» bilan jangovar durang qayd etdi. «Marsel» safarda yutqazdi.

Liga 1, 17-tur, 23 dekabr

PSJ – Strasburg 4:0
Gollar: Pembele (18), Mbappe (80), Guye (89), Ken (90+1).
PSJ – Navas, Kerer, Dagba, Pembele, Markinos, Rafinya (Draksler, 83), Errera (Guye, 78), Di Mariya (Fadiga, 90), Verratti, Bakker, Mbappe (Ken, 84).
Strasbur – Kavasima, Jiku, Lala, Karol, Simakan (Shaxiri, 89), Bellgard (Diallo, 77), Sissoko (Tomasson, 64), Lienar (Prsich, 64), Axolu, Mitrovich, Ajork.

Monpele – Lill 2:3
Gollar: Labord (57), Delor (70) – Vea (23), Ikone (67, penalti), Yilmaz (86).
Monpele – Omlin, Ristich (Oyongo, 78), Ilton, Kongre, Ferri, Sambiya, Molle, Shotar, Yun Il Lok (Dolli, 73), Labord, Delor (Mavididi, 80).
Lill – Menyan, Botman, Fonte, Chelik (Jalo, 27), Reynildu (Bradarich, 58), Sheka, Ikone, Andre (Sumare, 46), Bamba, Devid (Yilmaz, 75), Vea (Yaziji, 75).

Monako – Sent-Eten 2:2
Gollar: Diop (7), Folland (48) – Debyushi (21), Buanga (29, penalti).
Monako – Mannone, Maripan, Disasi, Agilyar, Kayo Enrike (Sidibe, 60), Tchuameni, Matazo, Jelson Martinsh (Jebbel, 84), Diop (Florentinu, 46), Folland (Ballo-Ture, 84), Ben-Yedder (Pellegri, 69).
Sent-Eten – Mulen, Debyushi, Sou, Kolodzeychak, Trauko, Aushish (Amuma, 59), Neu Nupa, Monne-Pake (Norden, 70), Kamara, Buanga (Krasso, 69), Gurna-Duat (Budebuz, 46).
Chetlatish: Matazo (35).

Lion – Nant 3:0
Gollar: Ekambi (4), Kadevere (37), Paketa (44).
Lion – Lopesh, Marselo, Dyubua (Diomande, 89), Denayer, Auar, Tiago Mendes, Paketa (Bruno Gimaraes, 70), Korne (De Shilo, 70), Kadevere (Sumare, 89), Toko-Ekambi (Sherki, 71), Depay.
Nant – Lafon, Pallua, Kastelletto, Appia, Jirotto, Koko (Kulibali, 60), Abed (Ture, 80), Bamba (Saymon, 59), Chirivelya (Luza, 60), Korshya, Kolo-Muani (Ndilu, 90).

Renn – Mets 1:0
Gol: Grene (52).

Anje – Marsel 2:1
Gollar: Pereyra (4), Dioni (23) – Ronje (75).
Amalga oshirilmagan penalti: Payet (71).

Bordo – Reyms 1:3
Gollar: Hvan (73) – Abdulhamid (15), Dia (18), Manetzi (88).

Lans – Brest 2:1
Gollar: Muinga (11), Sotoka (34, penalti) – Sharbone (90+3, penalti).

Nim – Dijon 1:3
Gollar: Alinvi (31) – Konate (75, 90+3), Balde (77).

Nitssa – Loryan 2:2
Gollar: Mvula (18), Reyne (34) – Moffi (49), Grbich (82, penalti).

0