Portugaliya Superkubogi uchun bahsda mamlakatning o‘tgan mavsumdagi chempioni va kubogi sohibi «Portu» 2-o‘rinni egallagan «Benfika» ustidan g‘alaba qozondi. Oliveyra va Diasning gollari evaziga «Portu» 22-bor Superkubokni qo‘lga kiritdi.

Portugaliya Superkubogi, 23 dekabr
Portu – Benfika 2:0
«Aveyru»
Gollar: Oliveyra (25, penalti), Dias (90).
Portu – Marchesin, Manafa, Sanusi, Pepe, Mbemba (Diogu Leyte, 76), Uribe, Serjiu Oliveyra (Gruyich, 89), Korona (Romariu Baro, 90), Otavio, Marega (Toni Martines, 89), Taremi (Dias, 77).
Benfika – Vlaxodimos, Jilberto (Diogu Gonsalvesh, 89), Otamendi, Grimaldo (Nunu Tavaresh, 89), Vertongen, Vaygl (Pedrino, 89), Everton, Rafa Silva (Seferovich, 64), Taarabt, Valdshmidt, Nunes.
Ogohlantirishlar: Vaygl (30), Pepe (36), Oliveyra (53), Mbemba (57), Seferovich (90+3).

0