Britaniyaning The Guardian nashri so‘rovnoma orqali yilning eng yaxshi futbolchisini aniqladi.

Unga ko‘ra, «Bavariya» forvardi Robert Levandovski yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Polshalik forvard bu borada Messi va Ronalduni ortda qoldirgan. «Barselona»ning argentinalik hujumchisi 2-o‘rinda, «Yuventus»ning portugaliyalik forvardi 3-o‘rinda qayd etilgan.

Shuningdek, yilning eng yaxshi futbolchilari o‘nligidan Kevin de Bryuyne («Manchester Siti», Angliya), Sadio Mane («Liverpul», Angliya), Erling Holand («Borussiya» Dortmund, Germaniya), Kilian Mbappe (PSJ, Fransiya), Muhammad Saloh («Liverpul»), Neymar (PSJ) va Virjil van Deyk («Liverpul») joy olgan.

Qayd etilishicha, eng yaxshi futbolchilar ro‘yxatini 71 mamlakatdan ishtirok etgan 241 nafar sobiq futbolchi, murabbiy va jurnalistlar aniqlagan.

0