Ispaniya chempionatining 15-turida «Barselona» safarda «Valyadolid» darvozasiga javobsiz 3ta to‘p kiritdi. Langle, Breytueyt va Messining gollari kataloniyaliklarga g‘alaba taqdim etdi.

«Barselona» ochkolarini 24taga yetkazib, 5-o‘ringa qaytdi. 14 ochkoga ega «Valyadolid» 18-pog‘onada qoldi.

Yana bir bahsda «Vilyarreal» o‘z maydonida «Atletik» bilan durang qayd etdi.

Valyadolid – Barselona 0:3
Gollar: Langle (21), Breytueyt (35), Messi (65).
Valyadolid – Masip, Xoakin Fernandes, Sanches (Gvardiola, 79), Nacho Martines, Michel (Mesa, 57), Ervias, Plano (Kike Peres, 57), Alkaras, Jota (Orelyana, 57), Veysman, Markos Andre (Toni Vilya, 46).
Barselona – ter Stegen, Dest, Mingesa, Langle, Alba (Firpo, 71), de Yong (Buskets, 71), Pyanich, Pedri (Koutino, 81), Arauxo (Umtiti, 71), Breytueyt, Messi.
Ogohlantirishlar: Alba (62), de Yong (68), Xoakin Fernandes (77).

0