«Sevilya» Ispaniya chempionatining 15-turida mehmonda «Valensiya»dan (1:0) ustun keldi.

Bu Xulen Lopetegi shogirdlarining safar bahslaridagi ketma-ket 6-g‘alabasidir. Andalusiya klubi bungacha YeCHLda «Krasnodar» (2:1) va «Renn»ni (3:1), La Ligada «Ueska» (1:0) va «Xetafe»ni (1:0), Ispaniya Kubogida «Lusenu»ni (3:0) mag‘lub etgandi.

Opta’ning ma’lumotiga ko‘ra, bu klub tarixida safar o‘yinlaridagi eng uzun g‘alabali seriyadir.

0