Fransiya chempionatining 16-turidan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.

Uch turdan beri mag‘lubiyatga uchrayotgan «Monako» safarda «Dijon» ustidan minimal hisobda ustun kelib, 26 ochko bilan 6-o‘ringa joylashdi.

«Bordo» safarda «Strasburg»ni mag‘lub etdi. Qolgan uch o‘yinda kuchlar teng keldi.

Liga 1, 16-tur, 20 dekabr
Dijon – Monako 0:1
Gol: Folland (15).
Dijon – Rachoppi, Ekyuel-Manga, Panzo, Boe, Muzinga, Selina, Dobre (Sammaritano, 79), Ndong, Ebimbe, Shuyar (Balde, 60), Konate (Diop, 70).
Monako – Mannone, Agilyar, Badiashile, Maripan, Kayo Enrike (Pavlovich, 90), Tchuameni, Fofana, Diop (Yovetich, 65), Jelson Martinsh (Sidibe, 82), Folland (Pellegri, 90), Ben-Yedder (Jebbel, 65).

Brest – Monpele 2:2
Gollar: Filippoto (58), Shardonne (79) – Laborde (45+1), Delor (82).

Strasburg – Bordo 0:2
Gollar: Pablo (38), Otavio (66).

Nant – Anje 1:1
Gollar: Traore (90+3) – Toma (42).

0