Angliya Premer-ligasi 14-turi doirasida «Tottenhem» «Lester»ga mag‘lub bo‘ldi.

Londondagi uchrashuvning 1-bo‘limi yakunida VAR orqali belgilangan penaltini Vardi golga aylantirgan bo‘lsa, 59-daqiqada ham Vardining bosh bilan yo‘llagan zarbasi Alderveyreldga tegib, Loris darvozasidan joy oldi – 0:2.

Muhim g‘alabadan keyin «Lester» 27 ochko bilan 2-o‘ringa chiqib olgan bo‘lsa, «Tottenhem» 25 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.

APL. 14-tur
Tottenhem – Lester 0:2
Gollar: 0:1 – 45, penalti Vardi, 0:2 – 59, avtogol Alderveyreld.
Tottenhem – Loris, Alderveyreld, Regilon, Ore (Uinks, 64), Dayer, Lo Chelso (Lukas Moura, 49), Sissoko, Xeyberg, Ndombele (Beyl, 46), Son Xyon Min, Keyn.
Lester – Shmeyxel, Jastin, Evans, Fofana, Kastan (Amarti, 60), Meddison, Tilemans, Ndidi, Barns (Prat, 84), Olbrayton, Vardi (Ixeanacho, 88)

0