Yevropa Ligasida guruh bosqichi bahslariga yakun yasaldi.

Pley-off masalasini muddatidan avval hal qilgan «Lester», «Milan», «Hoffenhaym» va «Tottenhem» klublari so‘nggi turda ham g‘alaba qozonishdi.

«Makkabi» va «Volfsberger» 1/16 finalning so‘nggi ishtirokchilariga aylandi, «Feyenoord» esa guruhda qolib ketdi.

Pley-offga chiqqan 32 jamoa: «Antverpen», «Arsenal», «Bayer», «Benfika», «Braga», «Vilyarreal», «Granada», «Dinamo» Z, «Lester», «Lill», «Milan», PSV, «Reynjers», «Roma», «Slaviya», «Tottenhem», «Hoffenhaym», «Srvena Zvezda», «Napoli», «Real Sosedad», «Yang Boyz», «Molde», «Makkabi», «Volfsberger», «Shaxtyor», «Ayaks», «Dinamo» K, «Zalsburg», «Manchester Yunayted», «Krasnodar», «Olimpiakos», «Bryugge».

Ma’lumot uchun, 14 dekabr kuni 1/16 final bosqichiga qur’a tashlanadi.

Yevropa Ligasi, 6-tur, 10 dekabr

G guruhi

Lester – AEK 2:0
Gollar: Under (12), Barns (14).
Lester – Uord, Jastin, Evans, Fofana (Morgan, 82), Tomas, Ndidi (Mendi, 63), Under, Prat, Barns, Tilemans (Chouduri, 82), Iheanacho (Peres, 67).

Braga – Zarya 2:0
Gollar: Abu Hanna (61, avtogol), Orta (68).

N guruhi

Seltik – Lill 3:2
Gollar: Julen (22), Makgregor (28, penalti), Ternbull (75) – Ikone (24), Vea (71).

Sparta – Milan 0:1
Gol: Hauge (23).
Milan – Teterushanu, Duarte, Konti, Kalulu, Dalot, Kastilexo, Tonali, Hauge (Dias, 90), Krunich, Maldini (Kessie, 78), Kolombo (Hauge, 67).

I guruhi

Makkabi Tel-Aviv – Sivasspor 1:0
Gol: Saborit (66).

J guruhi

Tottenhem – Antverpen 2:0
Gollar: Vinisius (57), Lo Chelso (71).
Tottenhem – Hart, Regilon (Bergveyn, 46), Tanganga, Devis, Doerti, Moura (Sissoko, 68), Uinks (Ndombele, 58), Beyl (Son, 58), Lo Chelso, Sanches, Vinisius (Keyn, 59).

Ludogorets – LASK 1:3
Gollar: Manyu (46) – Vizinger (56), Renner (62, penalti), Madsen (67).

K guruhi

Volfsberger –Feyenoord 1:0
Gol: Yovelich (31).

Dinamo Z – SSKA 3:1

Gollar: Gvardiol (28), Orshich (41), Kastrati (75) – Bistrovich (76).

L guruhi

Hoffenhaym – Gent 4:0
Gollar: Bayer (21, 49), Skov (26), Kramarich (64).
Hoffenhaym – Pentke, Akpoguma, Adams, Posh (Nortveyt, 61), Yon, Gachinovich, Gayger (Amade, 75), Skov (Belfodil, 61), Klauss (Kramarich, 61), Bayer (Baumgartner, 75), Dabbur.

Slovan – Srvena Zvezda 0:0

0