Italiya milliy jamoasining sobiq hujumchisi, 1982 yilgi jahon chempioni va «Oltin to‘p» sohibi Paolo Rossi vafot etdi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi.

OAVning yozishicha, o‘limga o‘pka saratoni sabab bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Rossi Italiya milliy jamoasi safida 1982 yilgi mundialda zafar quchgan va turnirning eng yaxshi to‘purariga aylangan. U guruh bosqichida Braziliya (3:2) bilan bahsda xet-trikka erishgan. Shuningdek, finalda GFR (3:1) darvozasini ham ishg‘ol etgan.

Italiyalik futbolchi World Soccer talqiniga ko‘ra, XX asrning eng buyuk futbolchilari qatoridan o‘rin olgan. U faoliyati davomida «Yuventus», «Milan», «Verona» kabi klublarda harakat qilgan. Turin klubi safida A Cyeriyada (2 bor) va Yevropa Chempionlar Kubogida g‘olib bo‘lgan.

0