«Tottenhem» hujumchisi Harri Keyn APLning 11-turidan o‘rin olgan «Arsenal»ga (2:0) qarshi bahsdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Eslatib o‘tamiz, Keyn ushbu o‘yinda 1ta gol va 1ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

«Juda yaxshi. «Tottenhem» aynan shunga intilgan edi. Ikkinchi bo‘lim biroz zerikarli o‘tdi. «Arsenal» gol urish uchun ko‘p imkoniyatlar yarata olmadi.

Son va men o‘zimizni juda yaxshi his qilyapmiz. Ehtimol, faoliyatimizdagi eng yaxshi formadamiz. Bir-birimizni o‘zaro yaxshi tushunamiz», – deya Keynning so‘zlarini keltiradi VVS

0