«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher YeCHLning 6-turidan o‘rin olgan «Leypsig» bilan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

«Bu futbolchilar «MYU»ga mos. Ular biz izlagan fazilatlarga ega. Ular buyuk klubda ekanliklarini isbotlashlari mumkin. Bunga shubha qilmayman. Xarakter jihatidan jamoam tobora kuchayib bormoqda.

«Leypsig» bilan o‘yin faqat 90 daqiqa davom etishini tushunishimiz kerak. Har qanday vaqtda istalgan narsa yuz berishi mumkin. Golsiz durangga umid qilmaymiz. Bu bizga xos emas.

Maydonga tushib, g‘alaba qozonishni xohlaymiz. O‘tgan haftada o‘yinchilarim «PSJ» bilan bahsda ham shunday istakni namoyish etishdi, ammo omad biz tomonda bo‘lmadi. Vaziyatlar yaratishimiz kerak va buni amalga oshirmoqchimiz», – deya norvegiyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi mankunianliklar rasmiy sayti.

Ma’lumot uchun, ikkala jamoa hisobida ham 9 ochko mavjud. O‘zaro o‘yindagi g‘alaba (5:0) tufay.

0