Fransiyaning «PSJ» klubi himoyachisi Leyven Kurzava mavsum yakunida Parij klubi safini tark etadigan bo‘ldi. Bu haqda Todofichajes xabar bermoqda.

Manbaning yozishicha, 27 yoshli futbolchi parijliklar bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmadi. Shu bois uning mavsum yakunida erkin agentga aylanishi aniqlashgan.

Kurzava hozirga kelib «Arsenal» klubi bilan shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Fransiyalik himoyachi London klubi bilan 5 yillik shartnoma tuzadi. Futbolchining yillik maoshi ma’lum qilinmagan.

0