APLda 16-turning yana bir o’yini yakunlandi. O’z majdonida «Byornli»ni qabul qilgan «Tottenhem» 5:0 hisobida g’alaba qozondi. Harri Keyn ikkita gol urdi. Son Hyon Min o’z jarima maydonchasida to’pni qabul qilib butun maydonni bosib o’tib gol urdi. Bu g’alabadan so’ng «Tottenhem» 23 ochko bilan 5-o’ringa ko’tarilib oldi. Turning yana bir o’yinida «Uotford» va «Kristal Pelas» 0:0 o’ynadi.

Tottenhem – Byornli 5:0
Gollar: Keyn (4, 54), Lukas Moura (9), Son Hyon Min (32), Sissoko (74).
Tottenhem: Gassaniga, Vertongen, Alderveyreld, Or’e (Skipp, 80), Sanches, Alli (Perrott, 85), Lukas Moura (Sessen’on, 75), Sissoko, Dayer, Son Hyon Min, Keyn.
Byornli: Poup, Louton, Piters, Mi, Tarkovski, Breydi (Lennon, 71), Kork, Hendrik, Maknil, Rodriges, Vud (Vidra, 65).

0